Bugun 20 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Tramp Putin bilan bo‘lgan suhbati haqida gapirdi

Tramp Putin bilan bo‘lgan suhbati haqida gapirdi

AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya rahbari Vladimir Putinning Eron inqirozini hal qilishda vositachilik qilish taklifiga hozircha qiziqish bildirmaganini ma’lum qildi.

"Men kecha u bilan gaplashdim. Bilasizmi, u vositachilikda yordam taklif qildi. Men esa avval Rossiya-Ukraina masalasini hal qilishimiz kerakligini aytdim" — dedi Qo‘shma Shtatlar yetakchisi.

Tramp, shuningdek, Rossiya va Ukrainani "ahmoq" deb atadi va yana bir bor "Agar men prezident bo‘lganimda, Ukraina urushi hech qachon sodir bo‘lmasdi", deya ta’kidladi.

Kreml Putin va Tramp o‘rtasida bo‘lgan yangi telefon suhbati haqida ma’lumot bermadi.

14 iyun kuni, Moskva va Vashington Putinning Tramp bilan Yaqin Sharqdagi vaziyatning keskinlashuvi yuzasidan telefon orqali suhbatlashganini bildirgan edi.

"Suhbat bir soatcha davom etdi, aniqrog‘i. Bu mazmunli, ochiq va eng muhimi, juda foydali suhbat bo‘ldi", — degan edi Rossiya prezidentining yordamchisi Yuriy Ushakov.

Tramp esa 14 iyun kuni Truth Social tarmog‘ida: "Putin bugun ertalab menga qo‘ng‘iroq qilib, tug‘ilgan kunim bilan tabrikladi, lekin bundan ham muhimi, biz Eron masalasi haqida gaplashdik. Putin bu mamlakatni juda yaxshi biladi", — deb yozgandi. Trampning ta’kidlashicha, suhbatda Ukraina masalasiga ancha kam vaqt ajratilgan.

Kiritildi: 21:25 18.06.2025. O'qildi: 1500 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!