AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uyda ozod etilgan isroillik mahbuslar va ularning oila a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Prezident sobiq mahbuslarni “qahramonlar” deb atadi va ularning jasoratini e’tirof etdi:
"Biz sizlarni yaxshi ko‘ramiz, mamlakatimiz sizlarni sevadi. Sizlar ajoyib insonlarsiz."
Uchrashuvda 26 kishi ishtirok etdi, ular orasida yaqinda o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi doirasida ozod qilinganlar ham bor edi. Otashkesimdan so‘ng XAMAS 20 nafar isroillik asirni ozod qilgan va asirlikda halok bo‘lgan 28 kishidan 27 nafari ham topshirilgan.