Ma’lumotlarga ko‘ra, u quyidagi bandlardan iborat:
1. Ukrainaning xavfsizligi va siyosiy maqomi:
— Ukrainaning suvereniteti tasdiqlanadi;
— Ukraina AQShdan ma’lum shartlar asosida xavfsizlik kafolatlarini oladi;
— Ukraina Konstitusiyasida NATO'ga qo‘shilmaslik maqomini va alyansdan voz kechishni mustahkamlaydi. NATO esa Ukrainaning hech qachon alyans a’zosi bo‘lmasligini tasdiqlaydi;
— Ukraina Qurolli kuchlari soni cheklanadi;
— Ukraina yadrosiz davlat bo‘lib qoladi.
2. Hududiy masalalar:
— Qrim, Donesk va Lugansk de-fakto Rossiyaga tegishli deb tan olinadi;
— Xerson va Zaporoje viloyatlaridagi front chizig‘i hozirgi holatda “muzlatib qo‘yiladi”;
— Ba’zi hududlar Rossiya nazoratidagi qurolsizlantirilgan bufer zonaga aylantiriladi;
— Har ikki tomon kuch bilan chegaralarni o‘zgartirmaslik majburiyatini oladi.
3. Harbiy kelishuvlar:
— NATO Ukrainada qo‘shin joylashtirmaydi;
— NATO qiruvchi samolyotlari Polshada joylashtiriladi;
— AQSH, NATO va Rossiya o‘rtasida xavfsizlik bo‘yicha dialog, AQSH—Rossiya ishchi guruhi tuziladi;
— Rossiya Ukrainaga va Yevropaga hujum qilmaslik siyosatini huquqiy jihatdan mustahkamlaydi.
4. Iqtisodiy blok va Ukrainani tiklash:
— AQSh va Yevropa Ukrainani tiklash uchun yirik investisiya paketini ishga tushiradi;
— Rossiyaning muzlatilgan 100 mlrd dollarlik aktivlari Ukrainani tiklashga yo‘naltiriladi, AQSh bundan 50 foiz foyda oladi;
— Ukrainani tiklash uchun Yevropa yana 100 mlrd ajratadi;
— Rossiyaning qolgan muzlatilgan aktivlari AQSH—Rossiya qo‘shma loyihalariga yo‘naltiriladi;
— Ukrainani rivojlantirish jamg‘armasi yaratiladi, infratuzilma, resurslar va texnologiyalarga investisiyalar kiritiladi.
5. Rossiyaning jahon tizimidagi o‘rni:
— Rossiyaga qarshi sanksiyalar bosqichma-bosqich bekor qilinadi;
— Rossiya G8'ga qaytariladi;
— AQSh va Rossiya o‘rtasida uzoq muddatli iqtisodiy hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi.
6. Gumanitar masalalar:
— “Barchani barchasiga” tamoyili asosida asirlar almashinuvi o‘tkaziladi. Tinch aholi va bolalar o‘z yurtiga qaytariladi;
— Gumanitar dasturlar, oilalarni birlashtirish loyihalari amalga oshiriladi;
— Bag‘rikenglik bo‘yicha ta’lim dasturlari ishlab chiqiladi;
— “Nasistik mafkuradan” voz kechiladi.
7. Energetika va maxsus ob’ektlar:
— Zaporoje AES MAGATE nazorati ostida ishga tushiriladi, undan olinadigan elektr energiyasi 50/50 Ukraina va Rossiya o‘rtasida taqsimlanadi;
— AQSh Ukrainaning gaz infratuzilmasini tiklashga yordam beradi.
8. Ukrainadagi ichki siyosiy jarayonlar:
— Kelishuv imzolangandan 100 kun o‘tib saylovlar o‘tkaziladi;
— Urushda ishtirok etganlarga to‘liq amnistiya beriladi.
9. Kelishuvning bajarilishi va nazorat:
— Kelishuv yuridik jihatdan majburiy bo‘ladi;
— Kelishuvning bajarilishi AQSh prezidenti Donald Tramp rahbarligidagi “Tinchlik Kengashi” tomonidan nazorat qilinadi;
— Qoidabuzarlik holatlari uchun keskin sanksiyalar qo‘llanadi;
— Tomonlar kelishuvni imzolagach, darhol o‘t ochishni to‘xtatish va kelishilgan pozisiyalarga chekinish majburiyatini oladi.
CNN'ning xabar berishicha, Rossiya ham ma’lum bir yon berishlarni amalga oshiradi, shuningdek, Ukraina bilan muzokaralardan so‘ng ayrim bandlar o‘zgartirilishi mumkin.