Reuters’ning xabar berishicha, agar Ukraina 27 noyabrgacha taklif etilgan tinchlik rejasini imzolamasa, AQSh qurol-yarog‘ yetkazib berishni to‘xtatishi va razvedka ma’lumotlari bilan bo‘lishishni cheklashi mumkin.
Manbalarga ko‘ra, bu ogohlantirish AQShning mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilish jarayonini tezlashtirishga urinishi bilan bog‘liq.
Rossiya tomoni esa hozircha bu masala bo‘yicha rasmiy izoh bermagan.