“Konfederasiya” millatchi va yevrockeptik koalisiyasidan Polsha seymidagi deputat Slavomir Mentzenning ta’kidlashicha, Ukraina tashqi yordamsiz omon qolishi uchun, avvalo, rasmiylar o‘g‘irlikni to‘xtatishi shart.
Siyosatchi ijtimoiy tarmoqda shunday yozdi:
"Zelenskiyning eng yaqin hamkorlari 100 million dollarni o‘g‘irlab ketishdi. Shundan so‘ng Polsha tashqi ishlar vaziri Sikorski Ukrainaga yana 100 million dollar yubormoqchi. Balki ukrainaliklar o‘g‘irlikni bas qilishlari kerakdir? Shunda biz ham ularga yordam berish majburiyatidan xalos bo‘lamiz."
Mentzenga ko‘ra, Polsha soliq to‘lovchilarining mablag‘lari Kiyevga yuborilib, Ukrainada talon-toroj qilinishi o‘rniga, polyak fuqarolari ehtiyojlari uchun sarflanishi lozim.