Manbalarning xabar berishicha, AQSh prezidenti Donald Tramp Ozarbayjonga nisbatan cheklovchi 907-tuzatishning amal qilishini to‘xtatish haqidagi hujjatni imzolashni rejalashtirmoqda.
907-tuzatish –1992 yilda Amerika Qo‘shma Shtatlari Kongressi tomonidan qabul qilingan “Ozodlikni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi qonunga AQSh hukumatining Ozarbayjonga bevosita yordamini taqiqlovchi tuzatish.
U arman lobbisi tashabbusi bilan qabul qilingan.
Bu taqiq Ozarbayjonni iqtisodiy va siyosiy barqarorlikni ta’minlash uchun AQSh hukumatidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri yordam olmaydigan yagona postsovet davlatiga aylantirgan.
Bundan tashqari, Ozarbayjon va AQSh o‘rtasida Strategik sheriklik xartiyasini ishlab chiqish maqsadida Strategik ishchi guruhini tashkil etish to‘g‘risidagi Anglashuv memorandumining imzolanishi kutilmoqda.