"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola Kataloniyada o‘tgan xayriya konsertida Falastin haqida nutq so‘zladi.
− So‘nggi ikki yil davomida ijtimoiy tarmoqlarda, televideniyeda bolaning suratlarini, vayronalar orasida o‘zini videoga olib, «Onam qani?» deb yolvorayotganini ko‘rganimizda nimalar haqida o‘ylaymiz? Eng yomoni, bolakay haligacha onasi qayerda ekanini bilmaydi. Men doimo o‘zimga savol beraman: ular nima haqida o‘ylashyapti? O‘ylashimcha, biz ularni yolg‘iz tashlab qo‘ydik.
Hukumat tepasidagilar − qo‘rqoqlar, chunki ular begunoh odamlarni o‘ldirish uchun begunoh odamlarni yuborishadi, o‘zlari esa sovuqda issiqqina kabinetida, yoki uyida kondisioner tagida issiqqina o‘tirishadi. Bularning barchasi Falastinda shu paytgacha umuman bo‘lmagan insonparvarlik haqida», - dedi Gvardiola.