Bugun 30 yanvar, 2026 yil, juma

КИР

"Menimcha, bu AQSh kutgan javob bo‘ladi"

"Menimcha, bu AQSh kutgan javob bo‘ladi"

Rossiya va Ukraina o‘rtasida energetika ob’ektlariga zarbalarni to‘xtatish bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri kelishuvlar bo‘lmagan.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, energetika ob’ektlariga zarba berishni to‘xtatishni AQSh tomoni, jumladan, Donald Tramp taklif qilgan. Zelenskiy bir kun oldin buning uchun unga minnatdorlik bildirgan.

Shuningdek, Zelenskiy Ukraina Rossiyaning harakatlariga mos javob berishini ma’lum qildi.

"Agar Rossiya bizning energetika ob’ektlarimizga, generatorlarimizga yoki boshqa har qanday ob’ektlarimizga hujum qilmasa, biz ham ularga zarba bermaymiz. Menimcha, bu AQSh kutgan javob bo‘ladi", — dedi Zelenskiy jurnalistlar bilan uchrashuv chog‘ida.

Uning qo‘shimcha qilishicha, buni shartnoma emas, aksincha imkoniyat, deyish mumkin.

"U ishlaydimi yoki yo‘qmi - hozircha ayta olmayman", — deya qo‘shimcha qildi Ukraina prezidenti.

Kiritildi: Bugun 15:31. O'qildi: 694 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!