Bugun 30 yanvar, 2026 yil, juma

КИР

"Men uchun Moskvada Putin bilan uchrashish imkonsiz"

"Men uchun Moskvada Putin bilan uchrashish imkonsiz"

Albatta, men uchun Moskvada Putin bilan uchrashish imkonsiz. Bu Putin bilan Kiyevda uchrashish bilan bir xil - Zelenskiy

Zelenskiyning boshqa bayonotlari:

- Agar u qaror qilsa, men Putinni Kiyevga kelishga taklif qilaman, albatta. Moskvada Putin bilan uchrashuv imkonsiz. U Kiyevga kelsin;

- Biz va Rossiya o‘rtasida energetika inshootlariga hujumlarni to‘xtatish bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri kelishuv bo‘lmadi (https://t.me/gorizont_uz/58162);

- Agar Rossiya bizning energetika sektorimizga zarba bermasa, biz ularnikiga zarba bermaymiz;

- Grenlandiya hikoyasi shunchalik o‘ziga xos hikoyaki, Rossiya ertaga undan bizning hududlarimizni egallab olish va de-yure tan olish uchun foydalanishlari mumkin;

- Biz texnik jihatdan 2027-yilda Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishga tayyor bo‘lamiz;

- Biz hududiy yaxlitlikni buzishga olib keladigan murosalarga tayyor emasmiz;

- Yakshanba kuni Abu-Dabida bo‘lib o‘tadigan Ukraina-Rossiya uchrashuvi qoldirilishi mumkin. AQSh va Eron bilan bog‘liq voqealar sanaga ta’sir qilishi mumkin.

Kiritildi: Bugun 15:01. O'qildi: 847 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!