Yaqinda Nyu-York meri etib saylangan Zohran Mamdani Oq uyda AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashdi. Ularning ilk shaxsiy uchrashuvi jurnalistlar kutganidan ancha do‘stona o‘tdi, chunki oldinroq har ikkala siyosatchi bir-birlari haqida juda keskin fikr bildirgan edi.
"Biz Mamdaniga yordam beramiz. U bilan men o‘ylaganimdan ham ko‘proq masalalarda fikrimiz bir ekan", — dedi AQSh prezidenti.
Demokratik partiyadan nomzod bo‘lgan Zohran Mamdani noyabr oyi boshida bo‘lib o‘tgan Nyu-York merligi uchun saylovda ishonchli g‘alabaga erishdi.
Saylovlar arafasida Donald Tramp uning saylanishiga yo‘l qo‘ymaslik kerakligini aytgan va hatto o‘z partiyadoshiga emas, balki Demokratik partiya a’zosi Endryu Kuomoga ovoz berishga chaqirgandi.