AQSh prezidenti Donald Tramp NATOdan chuqur hafsalasi pir bo‘lganini aytdi.
Tramp Fox News telekanaliga bergan intervyusida shunday dedi.
"NATOga kelsak, men NATOdan juda hafsalam pir bo‘ldi, chunki ular biz bilan emas edilar".
Amerika yetakchisi AQSh Yevropani Rossiyadan himoya qilish uchun NATOga "trillionlab dollar" sarflaganini, ammo Shimoliy Atlantika alyansi Vashingtonga Eronga qarshi harbiy harakatlarida yordam bermaganini da’vo qildi.
Tramp Yevropa o‘z harakatlarini birlashtirishi kerakligini, aks holda u endi mavjud bo‘lmasligini aytdi.