Bugun 10 mart, 2025 yil, dushanba

КИР

Tramp Misr Prezidentini AQShga taklif qildi

Tramp Misr Prezidentini AQShga taklif qildi

Bugun, 1 fevral kuni Misr Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi va AQSh Prezidenti Donald Tramp telefon orqali muloqot o‘tkazdi va Tramp as-Sisini rasmiy tashrif bilan Vashingtonga taklif qildi. Bu haqda Misr yetakchisining matbuot xizmati xabar berdi.

“Tramp prezidentga ochiq taklif yo‘llab, uni Vashingtonga tashrif buyurib, Oq uyda uchrashishga chorladi”, deyiladi bayonotda.

O‘z navbatida, as-Sisi ham Trampni Misrga tashrif buyurishga taklif qilib, bu tashrif strategik hamkorlikni mustahkamlash va Yaqin Sharqdagi inqiroz hamda muammolarni muhokama qilishga xizmat qilishini ta’kidlagan. Shuningdek, u AQSh Prezidentiga yangi Misr muzeyining ochilish marosimida ishtirok etishni taklif qilgan.

“Ikkala Prezident ham Yaqin Sharqda tinchlik va barqarorlikka erishishga bo‘lgan qiziqishini bildirdi”, deyiladi bayonotda.

Misr yetakchisi mintaqada barqaror tinchlik o‘rnatish muhimligini ta’kidlab, xalqaro hamjamiyat Prezident Trampning uzoq yillik nizolarni yakunlovchi doimiy va tarixiy tinchlik kelishuviga erishish qobiliyatiga umid bog‘layotganini qayd etgan.

Shuningdek, tomonlar ikki tomonlama, mintaqaviy va xalqaro masalalar, davlatlar o‘rtasidagi iqtisodiy va investision aloqalarni mustahkamlash hamda suv xavfsizligi sohasidagi hamkorlik muhokama qilinganini bildirgan. Suhbat AQSh tomonining tashabbusi bilan bo‘lib o‘tgan.

Kiritildi: 11:07 02.02.2025. O'qildi: 641 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!