AQSh prezidenti Donald Tramp Ukrainadagi urushni amerikaliklarning eng muhim milliy bayramiga qadar tugatmoqchi. U Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiydan uning 28 banddan iborat tinchlik rejasini Minnatdorchilik kunigacha ma’qullashni talab qilmoqda.
Agar Zelenskiy rejaga rozi bo‘lmasa, Tramp uni «boradigan joyi qolmaguncha jang qilishga» qo‘yib berishi, shuningdek, qurol-yarog‘ va razvedka ma’lumotlari yetkazib berishni to‘xtatishi bilan tahdid qilmoqda, deb xabar bermoqda OAV. «Ukrainaga hozir bosim ulkan. Balki Ukraina juda og‘ir qaror qarshisida turibdi: yoki o‘z qadr-qimmatini yo‘qotish, yoki muhim hamkoridan ayrilish xavfi», — dedi Zelenskiy 21 noyabr kuni kechqurun.
Bu murakkab qarorni chiqarish uchun vaqti juda kam qoldi. Minnatdorchilik kuni allaqachon 28 noyabr, payshanba kuni nishonlanadi. Amerikaliklar oilalari bilan yig‘ilib, kurka go‘shti, qovoq pirogi yeb, (maqsadga ko‘ra) minnatdorlik bildirishadi. Bu bayram XVII asrda ingliz ko‘chmanchilari va amerikalik mahalliylar birga nishonlagan tinchlik an’anasidan kelib chiqqan. Shundan beri Minnatdorchilik kuni birdamlik va yarashuv timsoliga aylangan.
BILD tahririyatining fikricha, Tramp o‘z ultimatumni aynan shu bayram kuniga bog‘layotgani bejiz emas. Agar unda omad kelsa, jahonda tinchlik aynan shu vaqtda qaror topadi va bu «tinchlik uchun minnatdorlik bayrami»ga aylanishi mumkin. Ammo Tramp rejasining Ukrainaning o‘zi uchun bahosi yuqori va ukrainaliklar bu narxni to‘lay olish-olmaslikdan xavotirda.
Shu bilan birga, AQSh prezidentining so‘nggi bayonotlari u o‘z belgilagan muddatdan ham ortqa chekinishi mumkinligini ko‘rsatmoqda. 22 noyabr kuni kechqurun u Vashingtonda jurnalist savoliga javob berar ekan, uning tinchlik rejasi Ukraina uchun hali yakuniy taklif emasligini aytdi va qo‘shimcha qildi: «Biz bu ishni qanday bo‘lsa ham tugatishga urinyapmiz».