AQSh harbiy-dengiz kuchlarining Guantanamodagi bazasida maxsus markaz tashkil etiladi, u yerda 30 000 migrant saqlanishi mumkin bo‘ladi.
"Amerikaliklar uchun tahdid solayotgan eng xavfli noqonuniy jinoyatchilar aynan shu markazda ushlab turiladi. Ba’zi migrantlar shu qadar xavfli ekanki, ularni o‘z vatani ham qabul qilishni istamaydi", — deya fikr bildirdi AQSh prezidenti.
Trampning chegara xavfsizligi bo‘yicha vakili Tom Homan esa bu markaz "eng yomon jinoyatchilar" uchun foydalanilishini va AQShning hozirgi hukumati uni kengaytirishini ta’kidlagan.
Guantanamoda hozirda ham migrantlar uchun qamoqxona mavjud bo‘lib, u terrorchilikda gumon qilingan xorijlik shaxslar saqlanadigan qattiq tartibli koloniyadan alohida joylashgan. Bu maxsus markaz 2002 yilda AQShning sobiq prezidenti Jorj Bush tomonidan 2001 yil 11 sentyabr teraktlarida ishtirok etganlikda gumon qilingan jangarilarni saqlash uchun tashkil etilgan. Hozirda u yerda 15 nafar mahbus qolgan.
AQShning sobiq prezidentlari Barak Obama va Jo Bayden ushbu qamoqxonani yopish niyatida ekanliklarini bir necha bor bildirgan, ammo faqat mahbuslar sonini qisqartirishga erishgan. Guantanamo qamoqxonasi mahbuslarga nisbatan qiynoqlar qo‘llanilishi va inson huquqlari buzilishi haqidagi ko‘plab ayblovlar bilan tanilgan.