AQSh prezidenti Donald Tramp, ehtimol, may oyi o‘rtalarida Saudiya Arabistoni, Qatar va BAAga safaridan keyinroq Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan uchrashishi mumkinligini aytdi.
"Balki, lekin ehtimoli kam. Menimcha, biz u bilan shu safardan so‘ng uchrashamiz", — deya Trampning so‘zlaridan iqtibos keltiradi CNN.
Trampning Fors ko‘rfazining uch mamlakati bo‘ylab safari 13–16 may kunlariga rejalashtirilgan bo‘lib, u qayta saylanganidan keyingi ikkinchi xorijiy safari bo‘ladi. Birinchi safari shu haftaning oxirida bo‘lib o‘tadi: Tramp Rimga papa Fransiskning dafn marosimida qatnashish uchun boradi.