Tramp ma’muriyati Venesuelada hokimiyatni o‘zgartirishga tayyorgarlik ko‘ra boshladi. Bu haqda Axios xabar berdi.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Trampning maslahatchilari rejim o‘zgarishi har doim ham harbiy aralashuvni anglatmasligini ta’kidlashgan, ammo maqsad bitta — Maduroni hokimiyatdan chetlatish.
"Agar Nikolas Maduro Bashar Asad kabi Moskvaga ketsa, Qo‘shma Shtatlar bunga qarshi bo‘lmas edi", — deya fikr bildirgan AQShning saylangan prezidenti maslahatchilaridan biri.