Tramp ma’muriyati muhojirlarni ushlab turish uchun yirik omborlarni sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda — NBC.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, hukumat Qo‘shma Shtatlarning janubida joylashgan, muhojirlar ko‘pincha deportasiya qilinadigan aeroportlarga yaqin hududlardagi omborlarni sotib olish imkoniyatini o‘rganmoqda.
Shartnoma qiymati haqida ma’lumot berilmagan. Qayd etilishicha, bu binolar dastlab Amazon kabi kompaniyalar uchun mo‘ljallangan bo‘lgan.