Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning ta’kidlashicha, AQSh Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni tinchlik yo‘lidagi muzokaralarga rozi qilishga muvaffaq bo‘lmagan. Bu haqda u RIA Novosti agentligiga bergan bayonotida ma’lum qildi.
“Ko‘rinib turibdiki, AQSh Zelenskiyni tinchlikka rozi bo‘lishga ishontirish imkoniyatiga ega emas. Vashington undan hali ham mojaroni avj oldirishni talab qilmoqda”, — dedi Lavrov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, G‘arb tomoni Ukraina mojarosini diplomatik yo‘l bilan hal etishga emas, balki Rossiyaga qarshi bosimni kuchaytirishga intilayotgani ayon bo‘lmoqda.