Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

Tramp ma’muriyati Isroil muxolifati bilan norasmiy aloqa kanallarini yo‘lga qo‘ymoqda

Tramp ma’muriyati Isroil muxolifati bilan norasmiy aloqa kanallarini yo‘lga qo‘ymoqda

The Times of Israel nashri manbalariga ko‘ra, aloqalar bo‘lajak saylovlarda bosh vazir Binyamin Netanyahuning o‘rnini egallashi kutilayotgan asosiy nomzodlar bilan o‘rnatilmoqda. Ular orasida sobiq bosh vazir Naftali Bennet va Isroil armiyasining sobiq rahbari Gadi Ayzenkot bor.

Ta’kidlanishicha, bu harakatlarni amalga oshirayotgan shaxslarning ba’zilari Isroil yetakchisi Netanyahu bilan yaqin aloqalarga ega. Shunga qaramay, ular kelajak uchun munosabatlarni hozirdan qurish maqsadida muxolifat vakillari bilan aloqaga chiqish yo‘llarini qidirmoqda.

"Buning bir nechta sabablari bor. Birinchidan, Netanyahu hukumatidagi o‘ta o‘ng qanot va ashaddiy ekstremist deb ko‘rilayotgan a’zolar AQSh rasmiylarida xavotir uyg‘otmoqda. Ikkinchidan, hozirgi hukumat sababli turli diplomatik rejalarni amalga oshirish qiyin bo‘lmoqda. Amaldagi Isroil hukumati G‘azo sektoridagi urushdagi harakatlari tufayli xalqaro miqyosda obro‘sizlangan. Uchinchidan, Vashington Netanyahuning bo‘lajak saylovlarda yutqazishi ehtimoli juda yuqoriligini tan olmoqda. Isroildagi navbatdagi saylovlar eng kechi bilan shu yilning oktyabr oyida bo‘lib o‘tishi kerak", deyiladi xabarda.

Kiritildi: 18:40 21.06.2026. O'qildi: 1254 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!