Tramp ma’muriyati dunyodagi eng ilg‘or tizimlardan biri bo‘lgan okean monitoringi tizimini tugatishga tayyorlanmoqda – The New York Times.
Monitoring tizimi 2016 yilda "Ocean Observatories Initiative" dasturi doirasida qirg‘oq bo‘yi muhiti, dengiz ekotizimlari va iqlimga ta’sir qiluvchi oqimlarni kuzatish maqsadida ishga tushirilgan edi.
Tizim ma’lumotlari okean atmosferadagi issiqxona gazlarini qanday yutishini hamda suv haroratidagi o‘zgarishlar baliqchilikka qanday ta’sir qilishini va global iqlim o‘zgarishlaridan qanday darak berishi mumkinligini o‘rganish uchun ishlatilgan.
Shuningdek, bu Qo‘shma Shtatlarning Sharqiy qirg‘oqlarida yuz beradigan qirg‘oq bo‘yi suv toshqinlarini tahlil qilish imkonini bergan. O‘lchov asboblari tarmog‘i olimlarga murakkab, xavfli va qimmatga tushuvchi dengiz ekspedisiyalarini amalga oshirmasdan, ma’lumotlarni masofadan turib olish imkonini bergan edi.