Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Tramp Lotin Amerikasidagi giyohvand kartellariga qarshi quruqlikdagi zarbalari boshlanganini e’lon qildi

Tramp Lotin Amerikasidagi giyohvand kartellariga qarshi quruqlikdagi zarbalari boshlanganini e’lon qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp Amerika armiyasi Lotin Amerikasi narkotik kartellariga qarshi quruqlikdan zarba berishni boshlashini ma’lum qildi.

Tramp bu haqda Oq uydagi chiqishi chog‘ida aytib o‘tgan.

Trampning so‘zlariga ko‘ra, dengiz yo‘llari orqali AQShga narkotik moddalar kontrabandasi 94 foizga kamaydi.

"Biz ularga quruqlikdan zarba berishni boshlaymiz, bu, ochig‘ini aytganda, ancha oson. Lekin ular Amerika Qo‘shma Shtatlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy xavf tug‘dirmoqda. Ular bizning mamlakatimizni giyohvand moddalar bilan to‘ldirishga harakat qilmoqda", - deya ta’kidladi Amerika rahbari.

Kiritildi: 10:17 16.12.2025. O'qildi: 517 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!