Bugun 9 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Tramp Los Anjelesga Milliy gvardiya qo‘shinlarini yuborishga buyruq berdi

Tramp Los Anjelesga Milliy gvardiya qo‘shinlarini yuborishga buyruq berdi

AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Los Anjeles shahriga 2000 nafar Milliy gvardiya askarlarini yuborishga qaror qildi. Namoyishlar yanada shiddatli tus olmoqda.

Bu qarorga shaharda noqonuniy migrantlarga qarshi reydlarga qarshi o‘tkazilgan norozilik namoyishlari ortidan kelingan. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.

Juma kuni kechqurun Paramaunt tumanida (asosan lotin amerikaliklar yashaydigan hudud) Ichki xavfsizlik va migrasiya xizmati (ICE) xodimlari hamda mahalliy aholi o‘rtasida to‘qnashuvlar boshlandi. ICE xodimlari yuzlab namoyishchilarni tarqatish uchun ko‘z yoshi oqartuvchi gaz va kaltaklardan foydalangan. Ayrim namoyishchilar Meksika bayroqlarini ko‘tarib chiqqan.

Tarqalgan videolarda ko‘rinishicha, Paramaunt ko‘chalarida dud tuman ostida yuzlab xavfsizlik xodimlari protivogazlarda turishgan, atrof esa ag‘darilgan aravachalar bilan to‘lgan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, ayrim namoyishchilar hibsga olingan, ammo rasmiy tasdiqlangan ma’lumotlar hozircha berilmagan. Los-Anjeles polisiyasi bir nechta shaxsga «bir necha marta ogohlantirishga qaramasdan tarqalmagani» uchun chora ko‘rilganini ma’lum qilgan.

AQSh vise-prezidenti Jey Di Vens bu voqealar yuzasidan X sahifasida shunday yozdi: «Chet el bayroqlari bilan chiqqan isyonchilar migrasiya xodimlariga hujum qilmoqda, Amerika rahbariyatining yarmi esa chegarani qo‘riqlashni yomonlik deb biladi».

Pentagon rahbari Pit Hegset esa zo‘ravonlik davom etsa, hukumat yana qo‘shimcha kuchlarni safarbar etishga tayyor ekanini bildirdi. Unga ko‘ra, yaqindagi Kemp-Pendlton bazasidagi dengiz piyoda qo‘shinlari oldindan tayyor holatga keltirilgan. Oq uy rasmiy bayonotida Milliy gvardiya «qonunsizlikka qarshi kurashish uchun» joylashtirilayotgani qayd etilgan.

Kaliforniya gubernatori Gevin Nyusom bu qarorni «qasddan janjal chiqarish» deb atadi va Milliy gvardiyaning jalb etilishi huquq-tartibot xodimlari yetarli emasligi uchun emas, balki siyosiy namoish uchun amalga oshirilayotganini bildirdi.

Los Anjeles meri Karen Bass ham bu reydlarni qoralab, «bunday harakatlar shahrimiz xavfsizligi va aholimizdagi ishonchni yo‘qotadi», dedi.

Tramp esa Truth Social orqali javob qaytarib, gubernator va merni tanqid qildi: «Agar ular ishni uddalay olmasa, federal hukumat tashabbusni qo‘lga oladi va betartiblik va talonchilikka barham beradi!».

Ma’lumot uchun, AQSh prezidenti milliy xavfsizlik, tabiiy ofatlar va fuqarolik tartibsizliklar holatida Milliy gvardiyani joylashtirish vakolatiga ega. Bunga o‘xshash oxirgi holat 1992 yilda aynan Los Anjelesda sodir bo‘lgan edi.

Trampning noqonuniy migrasiyaga qarshi kampaniyasi doirasida ushbu reydlar mamlakatning bir necha shahrida o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 17:21 08.06.2025. O'qildi: 908 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!