AQSh prezidenti Donald Tramp 2-dekabr kuni o‘tkazilgan Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishida bir yarim soat mudrab o‘tirdi. Qiziq tomoni, u yig‘ilish avvalida o‘zining sog‘lig‘i haqida gapirar ekan, “25 yil oldingi holatimdan ancha tetikman”, degan edi. Bu haqda CNN xabar berdi.
Tramp o‘zidan oldingi prezident Jo Baydenni “uyquchi Jo” deb tanqid qilib kelar edi. Seshanba, 2-dekabr kuni tushdan keyin boshlangan Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishi avvalida Tramp odatdagidek Baydenni “uyquchi” deb eslab o‘tgan.
“Tramp tetik, ammo The New York Times tetik emas”, degan Tramp yig‘ilish avvalida nashrning o‘zi haqidagi tanqidlariga javoban.