Bugun 23 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

Tramp Kanadaga: "Shtat bo‘lmay turib, shtat imtiyozlarini xohlayapti"

Tramp Kanadaga: "Shtat bo‘lmay turib, shtat imtiyozlarini xohlayapti"

AQSh prezidenti Donald Tramp Vashington va Ottava o‘rtasidagi savdo kelishuvi bo‘yicha muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlanganidan so‘ng Kanadani tanqid qildi. AQSh Kanadaning ayrim tovarlariga 50 foizlik bojlarni joriy etdi.

"Kanada shtat bo‘lmagan holda, shtatga beriladigan imtiyozlarga ega bo‘lishni xohlayapti!" — deb yozdi Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida.

AQSh prezidentining ta’kidlashicha, Kanada ko‘p yillar davomida amerikalik fermerlar mahsulotlariga yuqori bojlar qo‘llab kelgan.

"Endi bunday bo‘lmaydi!" — deya qo‘shimcha qildi Tramp.

AQSh va Kanada o‘rtasidagi savdo muzokaralari oxirgi bosqichda kelishmovchiliklar tufayli to‘xtab qoldi. Natijada Vashington qariyb 20 milliard dollarlik Kanada tovarlariga 50 foizlik bojlarni kuchga kiritdi. Ottava esa bunga "dollarga dollar" tamoyili asosida javob choralarini ko‘rishini ma’lum qildi.

Kiritildi: Bugun 12:12. O'qildi: 203 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!