Bugun 23 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

NATO Rossiya chegaralarini yana bir bor paypaslab ko‘rdi

NATO Rossiya chegaralarini yana bir bor paypaslab ko‘rdi


18 avgust kuni alyans Kaliningrad viloyati chegaralari yaqinida yirik havo mashg‘ulotlari o‘tkazdi.

Shimoli-sharqiy Polsha osmonida NATOning qariyb 25 ta samolyoti parvoz qilgan.

Mashg‘ulotlarda AQSh va Norvegiya qiruvchilari, Apache vertolyotlari, E-3A AWACS, Bombardier ARTEMIS II razvedka samolyoti va EA-37B Compass Call elektron kurash samolyoti qatnashgan.

Kaliningrad viloyati atrofidagi radioelektron vaziyatga alohida e’tibor qaratilgan.

NATO mashg‘ulotlar AQSh rahbarligida alyans kuchlarining hamkorligini sinash va “tiyib turish”ni mashq qilish uchun o‘tkazilganini bildirdi.

Hududdagi NATO parvozlari keyingi kunlarda ham davom etgan.

Kiritildi: 20:56 22.08.2026. O'qildi: 833 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!