Bugun 23 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

Ukraina ilk bor Rossiyaning Ozon marketpleysi omboriga zarba berdi

Ukraina ilk bor Rossiyaning Ozon marketpleysi omboriga zarba berdi


Xabar berilishicha, Ukraina dronlari Rossiyaning Samara viloyatidagi Ozon logistika markaziga birinchi marta zarba berdi. Hujum oqibatida omborda yong‘in chiqdi.

Ozon matbuot xizmati kompaniyaning ombori hujumga uchraganini tasdiqlagan. Hujumdan bir necha daqiqa oldin ombordan 500 dan ortiq xodim evakuasiya qilingan. Bir necha kishi jarohatlangan.

Astra nashri ma’lumotiga ko‘ra, gap Chapayevsk shahridagi Ozon logistika markazi haqida ketmoqda. Hujumdan keyin majmua hududida katta yong‘in yuzaga kelgan.

Shuningdek, Samara viloyatining Novokuybishevsk shahridagi neftni qayta ishlash zavodida ham yong‘in chiqqanligi xabar qilingan. Guvohlar tarqatgan foto va videolarda korxona hududidan tutun tutun ko‘tarilayotgani aks etgan.

So‘nggi oylarda Ukraina Rossiyaning eng yirik marketpleysi, Wildberries ob’ektlariga tizimli ravishda hujum qilib, kompaniyaga milliardlab rubl miqdorida zarar yetkazdi. Hozirda Ozon Rossiyada Wildberries'dan keyingi ikkinchi yirik marketpleys hisoblanadi.

Kiritildi: 20:35 22.08.2026. O'qildi: 599 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!