Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

Tramp: Kaliforniya gubernatori shtatdagi vaziyat ustidan nazoratni yo‘qotdi

A A A
Tramp: Kaliforniya gubernatori shtatdagi vaziyat ustidan nazoratni yo‘qotdi

Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp Los-Anjelesdagi ommaviy tartibsizliklar munosabati bilan ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida yozgan.

"Gubernator Gevin Nyusom vaziyat ustidan nazoratni butunlay yo‘qotdi. U o‘z xatolari va layoqatsizligini yashirishga urinmay, uni qutqarib qolganimiz uchun minnatdor bo‘lishi kerak", deb yozadi Tramp.

Amerika yetakchisi polisiyaga namoyishlarni tarqatib yuborishda yordam bergani uchun Milliy gvardiya va dengiz piyodalariga minnatdorchilik bildirdi. Ularning yordamisiz Los-Anjelesda yillar davomida ko‘rilmagan jinoyatlar ko‘paygan bo‘lardi, dedi Tramp.

Kiritildi: 18:46 12.06.2025. O'qildi: 1341 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!