Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Tramp Isroilga B-2 bombardimon uchog‘ini berishni rejalashtirmoqda

Tramp Isroilga B-2 bombardimon uchog‘ini berishni rejalashtirmoqda

AQSh Kongressining Quyi palatasiga qonun loyihasi taqdim etildi. Unga ko‘ra, agar Eron yadroviy qurol yaratish ishlarini davom ettirsa, prezident Donald Tramp Isroilga strategik stels-bombardimonchi B-2 va GBU-57 turidagi bunkerbuster aviabombalarni vaqtincha foydalanish uchun berish huquqiga ega bo‘ladi.

❕ Bu taklif Isroilga boshqaruv yoki doimiy mulk huquqini emas, balki shartli va cheklangan doirada foydalanish imkonini nazarda tutadi. Shuningdek, B-2 turkumidagi bombardimonlar tarixda hali hech qachon boshqa davlatlarga berilmagan.

Qonun loyihasi hali qabul qilinmagan — u Kongress tasdig‘ini kutmoqda. Agar tasdiqlansa, bu AQShning Isroilga nisbatan strategik qo‘llab-quvvatlashini yangi bosqichga olib chiqishi mumkin.

🇮🇷 B-2 bombardimonlari AQSh tomonidan ilgariroq Eronning Fordo, Natans va Isfahondagi uchta asosiy yadroviy ob’ektiga qilingan hujumlarda qo‘llanilgan.

Kiritildi: 21:12 07.07.2025. O'qildi: 786 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!