Donald Tramp ma’muriyati AQSh harbiylariga avval Bayden tomonidan Isroilga 2000 funt (907 kg) bomba yetkazib berishga qo‘ygan taqiqni bekor qilishni buyurdi, deb xabar bermoqda Reuters Oq uydagi manbaga tayanib.
2024 yil may oyida Jo Bayden yahudiy davlatiga 2000 funtlik bomba yetkazib berishni to‘xtatgani ma’lum bo‘ldi. AQShning o‘sha paytdagi prezidentining so‘zlariga ko‘ra, G‘azo sektorida bu qurollardan foydalanish natijasida tinch aholi halok bo‘lgan.
«Men aniq aytdimki, agar ular Rafahga kirsalar - ular hali Rafahga kirgani yo‘q - agar ular Rafahga kirsalar, men tarixda shaharlar bilan jang qilish uchun Rafahga qarshi kurashda ishlatilgan qurollarni yetkazib bermayman», dedi Bayden.