New York Times nashri yozishicha, bu «diplomatik mo‘’jiza» ortida AQSh prezidenti Donald Trampning tashabbusi bilan imzolangan tarixiy kelishuv turibdi.
Bu kelishuvning asosiy me’mori Jared Kushner — Trampning kuyovi va 2020 yildagi «Ibrohim kelishuvlari» muallifi hisoblanadi. Unga ko‘ra, bir qator arab davlatlari Isroil bilan diplomatik aloqalarni tiklagan edi.
Katardagi XAMAS rahbariyatiga qarshi rejalashtirilgan Isroil hujumi barbod bo‘lgach, Kushner Qatar amirini terrorchilardan uzoqlashishga ko‘ndirdi — buning evaziga amir xavfsizlik kafolatlarini oldi. Qatardan so‘ng Turkiya, Pokiston va Indoneziya ham ushbu pozisiyaga qo‘shildi.
Kushner biznesmen va maxsus vakil Stiv Uitkoff bilan birga muzokaralar uchun «komandirlik markazi» tashkil qildi — telefonlar bir necha kunlab tinmadi, muzokaralarda Tramp, Isroil vazirlari va mintaqadagi vositachilar ishtirok etdi. New York Times ma’lumotlariga ko‘ra, muzokaralar maxfiy va yuqori darajada himoyalangan aloqa orqali olib borilgan.
Kushner nashrga shunday dedi:
«Menimcha, biz murakkab shaxslar bilan murakkab kelishuvlar tuzishga odatlanganmiz. Eng muhimi — odamlarning tabiati va o‘yinlarini tushunish, shu orqali vaziyatni olg‘a surish imkoniyati paydo bo‘ladi».