Bugun 2 iyun, 2026 yil, seshanba

КИР

Tramp Isroil va “Hizbulloh” jangovar harakatlarni to‘xtatishga rozi bo‘lganini ma’lum qildi

Tramp Isroil va “Hizbulloh” jangovar harakatlarni to‘xtatishga rozi bo‘lganini ma’lum qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu, shuningdek, “Hizbulloh” vakillari bilan muzokaralar o‘tkazgani va tomonlarni vaziyatni yumshatish zarurligiga ko‘ndirganini bildirdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Isroil bosh vaziri Bayrutning janubiy qismiga qo‘shin yubormaslikka rozi bo‘lgan, “Hizbulloh” guruhi esa hujumlarni to‘xtatishga va’da bergan.

"Men Isroil bosh vaziri Bibi Netanyahu bilan juda samarali muloqot o‘tkazdim: qo‘shinlar Bayrutga kirmaydi, yo‘lga chiqqanlari esa ortiga qaytarildi. Bundan tashqari, yuqori martabali vakillar orqali “Hizbulloh” bilan ham juda konstruktiv suhbat o‘tkazdim va ular barcha jangovar harakatlar to‘xtatilishiga rozi bo‘lishdi. Isroil ularga hujum qilmaydi, ular ham Isroilga hujum qilmaydi", — deb yozdi u o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida.

Boshqa bir postida Tramp Eron bilan muzokaralar jadallik bilan davom etayotganini ma’lum qildi.

Avvalroq Eronning Tasnim axborot agentligi Tehron Isroil tomonidan Livanga qilinayotgan hujumlar tufayli vositachilar orqali AQSh bilan bo‘lgan barcha aloqalarni to‘xtatatishi haqida xabar bergan edi.

Kiritildi: Bugun 08:45. O'qildi: 239 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!