Qo‘qon shahar IIB tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlarda ma’lum bo‘lishicha, blogerlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi fuqaro D.U. jamoat tartibi va harakat xavfsizligiga tahdid solib, tegishli ruxsatnomasiz o‘zining “Instagram” tarmog‘idagi "dili me" nomli sahifasi orqali 2026 yil 31 may kuni soat 17:00 da shahardagi supermarket oldida chiroyli raqamli avtomobillar to‘planishi bo‘yicha videomurojaat tarqatib, ommaviy tadbir uyushtirmoqchi bo‘lgan.
IIO xodimlari tomonidan fuqaro D.U. bilan yuqoridagi huquqbuzarligi yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilayotgan paytda uning sherigi J.M. xodimlarning qonuniy talablariga bo‘ysunmasdan faol qarshilik ko‘rsatib, jamoat tartibini buzgan.
Holat yuzasidan D.U.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 200¹-moddasi hamda J.M.ga nisbatan 183 va 194-moddalari bilan hujjatlar rasmiylashtirilib, tegishli sud organiga yuborildi.
Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati