Bugun 1 iyun, 2026 yil, dushanba

КИР

Kanada va O‘zbekiston o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuviga 50 mingdan ortiq chipta sotildi

Kanada va O‘zbekiston o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuviga 50 mingdan ortiq chipta sotildi

Ertaga — 2 iyun kuni tongda O‘zbekiston milliy terma jamoasi Kanadaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi.

Mahalliy aholi orasida uchrashuvga qiziqish juda katta. Mazkur o‘yin mundial mezbonlaridan biri bo‘lgan Kanada uchun ham musobaqa oldidan so‘nggi tayyorgarlik vazifasini o‘taydi. Mahalliy tashkiliy qo‘mitaning xabariga ko‘ra, ertangi o‘yinga 50 mingdan ortiq chipta sotilgan.

Kanada va O‘zbekiston o‘rtasidagi o‘rtoqlik o‘yini ertaga 2 iyun kuni Toshkent vaqti bilan 06:00 da Edmonton shahridagi “Commonwealth” stadionida start oladi.

Kiritildi: Bugun 11:33. O'qildi: 262 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!