Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Tramp Isroil prezidentiga Netanyahuga qarshi korrupsiya bo‘yicha ishni to‘xtatishni so‘rab maktub yo‘lladi

 Tramp Isroil prezidentiga Netanyahuga qarshi korrupsiya bo‘yicha ishni to‘xtatishni so‘rab maktub yo‘lladi

Tramp Isroil prezidentiga Netanyahuga qarshi korrupsiya bo‘yicha ishni to‘xtatishni so‘rab maktub yo‘lladi — The Times of Israel.

"AQSh prezidenti Donald Tramp Isroil prezidenti Ishak Gersogga mamlakat bosh vaziri Binyamin Netanyahuni afv etishni so‘rab rasmiy maktub yubordi. Netanyahuga nisbatan hozirda korrupsiya ishi bo‘yicha tergov olib borilmoqda", deb xabar berdi gazeta.

Tramp o‘z maktubida Netanyahuni "urush davridagi bosh vazir, hozir esa Isroilni tinchlik sari yetaklayotgan shaxs" deb atagan. Shu bilan birga, AQSh prezidenti "Isroil sud tizimining mustaqilligini hurmat qilishini" ta’kidladi, biroq Netanyahuga qo‘yilgan korrupsiya bo‘yicha ayblovlarni "siyosiy" deb atadi va buni qoraladi.

"Binyamin Netanyahuga firibgarlik, ishonchni suiiste’mol qilish va pora olish ayblovlari 2019 yildayoq qo‘yilgan edi. 2024 yil dekabr boshida sud “Netanyahu guvohlik berishi kerak”, degan qarorga keldi. U Isroil tarixida amaldagi bosh vazir lavozimida jinoiy ish bo‘yicha sudda ayblanuvchi sifatida qatnashgan birinchi shaxsga aylandi. Netanyahu esa o‘ziga qarshi ilgari surilayotgan barcha ayblovlarni rad etmoqda", deya yozmoqda The Times of Israel.

Kiritildi: 19:10 12.11.2025. O'qildi: 902 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!