The New York Times nashrining yozishicha, Tramp administrasiyasi AQSh sobiq davlat kotibi Entoni Blinken tomonidan joriy qilingan cheklovlarni bekor qilib, Isroilga 24 mingta avtomat qurol yetkazib berish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Gazetaning yozishicha, AQSh Davlat departamenti Blinken tomonidan kiritilgan blokirovka olib tashlanishi yoki yo‘qligi haqidagi so‘rovga javob bermagan. Blinken ushbu cheklovni Isroilning ultra-o‘ngchi milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir noqonuniy ravishda G‘arbiy Sohildagi posbonlarni qurollantirishi mumkinligidan xavotirlanib joriy etgan edi.
Bundan oldin, Donald Tramp AQSh harbiylariga Isroilga 2000 funtlik (907 kg) bombalar yetkazib berish bo‘yicha Jo Bayden tomonidan kiritilgan taqiqni olib tashlashni buyurgan edi.