AQSh prezidenti Donald Tramp, agar Isroil hukumati istasa, Knessetda (Isroil parlamenti) chiqish qilishga tayyorligini aytdi.
Tramp bu haqda Oq uyda prezidentlar kabinetining yig‘ilishida ma’lum qildi.
"Mendan Knessetga chiqishimni so‘rashdi. Va men rozi bo‘ldim. Agar ular buni xohlasa, men buni qilaman", - dedi Amerika rahbari.
Avvalroq Isroil prezidenti Isaak Gersogning idorasi Trampning Quddusga tashrifi 12 oktyabr kuni kutilayotganini ma’lum qilgandi.
Avvalroq Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu Trampga qo‘ng‘iroq qilib, uni Knessetda chiqish qilishga taklif qilgandi.