Bosh vazir Netanyaxuning sobiq maslahatchisining Financial Times gazetasiga aytishicha, AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish uchun Isroilga jiddiy bosim o‘tkazmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, Netanyaxu bu kelishuvni rad eta olmaydi.
Shuningdek, u o‘zida mavjud bo‘lgan ma’lumotlarga ko‘ra, Isroil hukumati ertaga o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvini ma’qullashini va u rejalashtirilganidek yakshanba kunidan kuchga kirishini ta’kidladi.
AQShning yuqori martabali rasmiysi Axios bilan suhbatda tomonlar kelishuv bo‘yicha kelishmovchilikni hal qilganini va G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish yakshanba kuni boshlanishini tasdiqladi.
Donald Trampning Yaqin Sharq bo‘yicha vakili Stiv Vitkoff Netanyaxuga Tramp o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi va mahbuslar almashinuviga katta ahamiyat berishini aytib, uni kelishuvni buzmaslikka chaqirdi.