AQSh prezidenti Donald Tramp FIFA prezidenti Janni Infantino bilan Jahon chempionati tijorat huquqlarining bir qismini xususiy investorlarga sotish imkoniyatini hech qachon muhokama qilmaganini aytdi.
Tramp bu bayonotni Kemp-Devid shahrida bo‘lib o‘tgan prezidentlik kabineti yig‘ilishida jurnalistlarning savollariga javob berish chog‘ida aytib o‘tdi.
"Yo‘q, hech qachon", dedi Tramp xabarga izoh berar ekan.
Avvalroq The Times gazetasi Jahon chempionati tijorat huquqlarining bir qismini sotish bo‘yicha AQSh prezident ma’muriyatiga yaqin shaxslar bilan maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergan edi.