Bugun 2 sentyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Tramp Hindistonda bo‘lib o‘tadigan sammitda ishtirok etish fikridan qaytdi

Tramp Hindistonda bo‘lib o‘tadigan sammitda ishtirok etish fikridan qaytdi

AQSh prezidenti Donald Tramp shu yilning kuzida bo‘lib o‘tadigan To‘rt tomonlama xavfsizlik dialogi (QUAD) sammiti uchun Hindistonga safarini bekor qildi.

Bu haqda New York Times davlat rahbarining ish jadvali bilan tanish manbalariga tayanib xabar berdi.

Nashrning yozishicha, Tramp Hindiston bosh vaziri Narendra Modiga sammitda qatnashish niyati haqida ma’lum qilgan, biroq keyin “rejalarini qayta ko‘rib chiqqan”. Ushbu qarorning sabablari ko‘rsatilmagan.

Gazetaning ta’kidlashicha, Modi hozirda Amerika rahbari tomonidan "autsayder" ro‘yxatiga kiritilgan.

To‘rtlik Millatlar guruhi (Quad group of nations, QUAD) Avstraliya, Hindiston, AQSh va Yaponiya o‘rtasida Hindiston-Tinch okeani mintaqasidagi xavfsizlik masalalari bo‘yicha strategik muloqotdir.

Kiritildi: 11:45 31.08.2025. O'qildi: 736 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!