Bugun 13 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Tramp Hindiston va Pokiston o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatishni e’lon qildi

Tramp Hindiston va Pokiston o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatishni e’lon qildi

Hindiston va Pokiston AQSh vositachiligida to‘liq va zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib oldi, dedi AQSh prezidenti Donald Tramp Truth ijtimoiy tarmog‘ida.

AQSh prezidenti Donald Tramp Hindiston va Pokiston o‘t ochishni to‘liq va zudlik bilan to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishganini aytdi. U Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida tegishli xabarni e’lon qildi.

💬 "Qo‘shma Shtatlar vositachiligida davom etgan muzokaralardan so‘ng Hindiston va Pokiston to‘liq va zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lganini mamnuniyat bilan e’lon qilaman", deb yozgan Tramp.

❕ U har ikki davlatni tabriklab, ular “sog‘lom fikr ko‘rsatganini” ta’kidladi. AQSh Davlat kotibi Marko Rubioning aytishicha, u va vise-prezident J.D.Vens so‘nggi 48 soat ichida Hindiston va Pokistonning yuqori martabali rasmiylari bilan aloqada bo‘lgan.

“Hindiston va Pokiston hukumatlari zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishga va betaraf asosda keng ko‘lamli muzokaralarni boshlashga kelishib olganini ma’lum qilishdan mamnunman”, dedi Rubio.

Erishilgan kelishuv haqidagi ma’lumotni Pokiston bosh vaziri o‘rinbosari Ishoq Dar tasdiqladi. Undan iqtibos keltirmoqda BBC News.

“Pokiston har doim mintaqada o‘z suvereniteti va hududiy yaxlitligini buzmagan holda tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashga intilgan.

22 aprel kuni Hindistonning Pahalgam shahrida 26 kishining hayotiga zomin bo‘lgan teraktdan so‘ng mintaqadagi vaziyat yanada og‘irlashgan. Hindiston hujumda Pokiston tomonini aybladi.

6 may kuni Hindiston kuchlari Pokiston hududiga, jumladan Azad Kashmirdagi hududlarga raketa zarbalari berdi. Yangi Dehlining da’vo qilishicha, to‘qqizta "terrorchilik nishoni" urilgan.

Biroq Islomobodning aytishicha, zarbalar tinch aholi infratuzilmasiga urilib, sakkiz kishi, jumladan bir bola halok bo‘lgan, 35 kishi yaralangan va ikki kishi bedarak yo‘qolgan.

10-may kuni Pokiston Hindistonga qarshi “Himoya chegarasi” operasiyasi boshlanganini e’lon qildi.

Kiritildi: 12:53 11.05.2025. O'qildi: 567 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!