Bugun 30 mart, 2025 yil, yakshanba

КИР

"Tramp Grenlandiyani qo‘lga kiritishni istasa, u buni amalga oshiradi"

"Tramp Grenlandiyani qo‘lga kiritishni istasa, u buni amalga oshiradi"

AQSh vise-prezidenti Jey Di Vensning ta’kidlashicha, agar Donald Tramp Grenlandiyani qo‘lga kiritishni xohlasa, u buni Yevropa davlatlarining fikrini inobatga olmasdan amalga oshiradi.

"Daniya Grenlandiyani boshqarish vazifasini uddalay olmayapti va yaxshi ittifoqchilik qilmayapti. Biz o‘zimizdan "Milliy manfaatlarimiz uchun bu muammoni qanday hal qilishimiz mumkin?” deya so‘rashimiz kerak. Agar Grenlandiyani qo‘shib olish kerak bo‘lsa, demak, prezident Tramp bunga erishadi. Yeropaliklarning noroziliklarga asoslangan hayqiriqlari uni qiziqtirmaydi, u faqat Amerika manfaatlarini o‘ylaydi", – dedi Vens.

CBS xabar qilishicha, Vensning rafiqasi yaqin kunlarda AQSh delegasiyasi tarkibida Grenlandiyaga boradi. Shuningdek, delegasiyada Trampning maslahatchilaridan biri Mayk Uols ham bor.

Avvalroq dunyo mediasida, Tramp Grenlandiyani AQShga qo‘shish fikriga jiddiy yondashayotgani va hatto harbiy ssenariyni ham ko‘rib chiqayotgani haqida ma’lumotlar tarqalgan edi. Ayni vaqtda esa Grenlandiyada bu g‘oyaga qarshi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda.

Kiritildi: 18:25 24.03.2025. O'qildi: 857 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!