Bugun 12 mart, 2025 yil, chorshanba

КИР

Tramp G‘azo aholisini arab davlatlariga ko‘chirmoqchi

Tramp G‘azo aholisini arab davlatlariga ko‘chirmoqchi

AQSh prezidenti Donald Tramp Misr, Iordaniya va boshqa arab davlatlari G‘azo sektoridan ko‘proq falastinlik qochqinlarni qabul qilishi kerakligini aytdi, deb xabar berdi DW.

Tramp Iordaniya qiroli Abdulla II bilan suhbati haqida gapirdi.

«Men unga ko‘proq odamni qabul qilsangiz xursand bo‘laman dedim, chunki men hozir butun G‘azo sektorini ko‘ryapman - bu tartibsizlik, haqiqiy tartibsizlik. Men u odamlarni qabul qilishini xohlayman», dedi Amerika rahbari.

Tramp, shuningdek, Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisiy bilan gaplashishni rejalashtirayotganini aytdi.

«Men u odamlarni qabul qilishini istardim. Misr bu xalqni qabul qilishini istardim. Gap balki 1,5 million odam haqida ketayapti. Biz shunchaki tartib o‘rnatib, «Bilasizmi, endi hammasi tugadi», deymiz», dedi u.

AQSh prezidenti Iordaniya qirolini mamlakati allaqachon ko‘plab falastinlik qochqinlarni qabul qilgani uchun olqishladi.

Misr rasmiylari G‘azo qochqinlarini qabul qilishdan bosh tortib kelmoqda.

Urushdan oldin G‘azoda 2,4 millionga yaqin aholi istiqomat qilgan. Ularning aksariyati mojaro tufayli uyini tark etishga majbur bo‘lgan.

Kiritildi: 17:41 26.01.2025. O'qildi: 1247 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!