Bugun 10 may, 2025 yil, shanba

КИР

Tramp Garvardga qarshi: "Nafrat va nodonlikka o‘rgatmoqda"

Tramp Garvardga qarshi: "Nafrat va nodonlikka o‘rgatmoqda"

AQSh prezidenti Donald Tramp Garvard universitetini qattiq tanqid qilib, uni federal moliyalashtirishga munosib bo‘lmagan "yo‘ldan adashgan" oliy o‘quv yurti deb atadi.

Tramp o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida Garvard go‘yoki radikal so‘l qanotchilar va "faqat talabalar hamda kelajak yetakchilarini muvaffaqiyatsizlikka yo‘naltira oladigan" boshqa shaxslarni ishga olayotganini yozdi. Shu bois, Garvard universiteti "endi hatto munosib ta’lim maskani sifatida ham qaralmasligi va dunyoning eng nufuzli universitetlari hamda kollejlari ro‘yxatiga kiritilmasligi kerak."

"Garvard - bu mazax, u nafrat va nodonlikka o‘rgatmoqda va bundan buyon federal moliyalashtirishdan mahrum etilishi lozim," - deb ta’kidladi Tramp.

Kiritildi: 21:35 16.04.2025. O'qildi: 903 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!