Bugun 5 fevral, 2025 yil, chorshanba

КИР

Tramp G‘arbiy qirg‘oqdagi "ekstremist" isroillik manzilgohlar aholisiga qarshi sanksiyalarni bekor qildi

Tramp G‘arbiy qirg‘oqdagi "ekstremist" isroillik manzilgohlar aholisiga qarshi sanksiyalarni bekor qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp sobiq Bayden ma’muriyati "ekstremistik manzilgohlar harakati"ning bir qismi deb atagan G‘arbiy qirg‘oqdagi isroillik manzilgohlar aholisiga nisbatan AQSh sanksiyalarini bekor qilish to‘g‘risidagi farmonga imzo chekdi.

Oq uyning yangi veb-saytida ma’lum qilinishicha, Tramp Baydenning 2024 yil 1 fevralda imzolangan 14115-sonli Ijro farmoni bekor qilindi. Mazkur farmon falastinliklarga hujum qilish va qo‘rqitishda ayblanayotgan uch nafar David Xay Xasday, Eynan Tanjil va Yinon Levi ismli isroillik manzilgoh aholisi hamda isroillik tinchlik faollariga hujum qilishda gumon qilinayotgan Shalom Zikkermanga nisbatan sanksiyalar joriy etgan edi.

Bayden ma’muriyati 2024 yil dekabr oyiga kelib G‘arbiy qirg‘oqda jami 33 ta jismoniy va yuridik shaxsga nisbatan sanksiyalar kiritgan edi.

Kiritildi: 21:24 21.01.2025. O'qildi: 799 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!