Ushbu farmon AQSh hududida tug‘ilganlik faktiga ko‘ra avtomatik fuqarolik ololmaydigan xorijliklar toifasini kengaytiradi. Gap diplomatlar, xorijiy hukumatlar manfaatlarini ifodalovchi shaxslar hamda “dushman davlatlar” fuqarolarining farzandlari haqida bormoqda.
Hujjat, shuningdek, Qo‘shma Shtatlarning dengiz orti hududlarida tug‘ilganlarga ham taalluqlidir.
AQSh Konstitusiyasiga kiritilgan 14-tuzatish mamlakatda tug‘ilgan va uning yurisdiksiyasiga tushadigan har qanday shaxsga Amerika fuqaroligini berishni, qonun oldida teng himoyani ta’minlashni hamda sud hukmisiz huquqlardan mahrum etishni taqiqlashni nazarda tutadi. Tramp ushbu tuzatishni bir necha bor tanqid qilgan.
Bu Trampning tug‘ilish huquqi asosida fuqarolik olishni cheklashga bo‘lgan ikkinchi urinishidir. 30 iyun kuni AQSh Oliy sudi uning inaugurasiya kunida imzolagan va AQSh fuqarosi bo‘lmagan shaxslardan tug‘ilgan bolalarni avtomatik fuqarolikdan mahrum qiluvchi farmonini rad etgandi.