AQSh prezidenti Donald Tramp Yevropa Ittifoqini Hindiston va Xitoy tovarlariga 100 foizlik bojlar joriy etishga chaqirdi. Unga ko‘ra, bu mamlakatlarni Rossiya bilan savdo aloqalarini to‘xtatishga majbur qiladi.
Bu haqda Reuters agentligi manbalariga tayanib xabar berdi.
Ayni paytda Vashingtonda Yevropa Ittifoqi delegasiyasi Rossiyaga qarshi sanksiyalar masalasini muhokama qilmoqda. Shu kungacha YEI ko‘proq to‘g‘ridan-to‘g‘ri sanksiyalarni qo‘llab kelgan, bojxona tariflari esa maqsadli chora sifatida ishlatilmagan.
Avvalroq AQSh Hindiston mahsulotlariga 25 foizlik boj joriy etgan edi. Bunga javoban Hindiston bosh vaziri Narendra Modi Xitoy bilan yaqin hamkorlikka o‘tishini namoyon qilgan edi.