AQSh prezidenti Donald Tramp husiylar hujumlari ortida Eron turganini aytdi va yangi hujumlar sodir bo‘lsa, AQSh faqat Yaman isyonchilariga zarba berish bilan cheklanib qolmasligini bildirdi.
"Husiylar tomonidan amalga oshirilayotgan yuzlab hujumlar Erondan kelib chiqmoqda. Bundan keyin bo‘ladigan har qanday hujum yoki javob zarbasi katta kuch bilan qarshilanadi va bu kuch shu yerda to‘xtab qolishiga hech qanday kafolat yo‘q," - deya o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida yozdi u.
"Ular terrorchilarga har bir qadamni belgilab beradi, qurol-yarog‘ va pul bilan ta’minlaydi, eng zamonaviy harbiy texnika va hatto shunday deb ataladigan razvedka ma’lumotlari’ni yetkazib beradi. Bundan buyon husiylar tomonidan otilgan har bir o‘q Eronning qurollari va rahbariyati tomonidan otilgan o‘q sifatida qaraladi," deb ta’kidladi Oq uy rahbari.