Jazoirlik bokschi, 2024 yilgi Parij Olimpiya o‘yinlari g‘olibi Iman Xelif bokschilik faoliyatini to‘xtatdi.
Bu haqda Le Parisien nashri sportchining sobiq menejeri Nosir Yessfaxga tayanib xabar berdi.
Funsionerning so‘zlariga ko‘ra, Olimpiya o‘yinlaridagi mojarolardan so‘ng Xelif sportni tark etib, mashg‘ulotlarni to‘xtatgan. Iman hamkorlik qilib kelgan sport klubi ham sportchiga to‘laqonli professional shartnoma taklif qilmagan.