Bugun 23 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

O‘zbekiston prezidenti amaliy tashrif bilan Turkmanistonga boradi

O‘zbekiston prezidenti amaliy tashrif bilan Turkmanistonga boradi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Ozarbayjon — Turkmaniston — O‘zbekiston» formatidagi uch tomonlama sammitda ishtirok etish uchun 22 avgust kuni amaliy tashrif bilan Turkmanistonga boradi.

Davlat rahbari matbuot xizmatining xabar berishicha, tashrif Turkmaniston Xalq maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan amalga oshiriladi.

Tadbir «Avaza» milliy turistik zonasida bo‘lib o‘tadi. Hamkorlikni, birinchi navbatda, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikasiya, energetika va gumanitar sohalarda rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi. Bir qator hujjatlar imzolanishi ko‘zda tutilgan, deyiladi hisobotda.

Prezident sammit doirasida ikki tomonlama muzokaralar ham o‘tkazadi.

Kiritildi: 23:45 21.08.2025. O'qildi: 723 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!