Middle East Eye nashri manbalarining ma’lum qilishicha, Vashingtonning Fors ko‘rfazidagi ittifoqchilari Trampni haj ziyorati paytida urushni qayta boshlamaslikka chaqirgan. Tramp 18 may kuni BAA, Saudiya Arabistoni va Qatar undan hujumlarni to‘xtatishni so‘raganini, shu sababli Eronga qarshi 19 mayga rejalashtirilgan hujum qoldirilganini e’lon qilgandi.
Qo‘shma Shtatlarga Qurbon hayiti arafasidagi hujum uning musulmon dunyosidagi mavqeiga putur yetkazishi haqida tushuntirish berilgan. Muhokamalardan xabardor yuqori martabali AQSh amaldori shunday suhbat bo‘lib o‘tganini tasdiqladi.
"Bundan tashqari, Donald Tramp o‘z ma’muriyati amaldorlari tomonidan ham hozirgi vaqtda AQSH-Isroil urushini qayta boshlash uning obro‘siga jiddiy putur yetkazishi bo‘yicha ogohlantirish olgan", deyiladi Middle East Eye xabarida.